Arduino Uno | Ultratovush moduli yordamida masofani aniqlaymiz

21.04.2020 / 19:51Admin 286
Salom do'stlar. UzHackerSW jamoasi doimgidek sizlar bilan birga. Bugun biz ultratovush yordamida masofani aniqlash ya'ni aynan bir masofani belgilab olamiz va bu masofagacha joylashgan oraliqda qandaydir narsa paydo bo'lsa, led chiroqchasini yonishini amalga oshiramiz. Qani boshladik unda:
Bizga kerakli elementlar:
1. Arduino Uno platasi.


2. LED chiroqcha. u 1.6V dan 4.4V gacha bo'lgan kuchlanishda ishlaydi. Shu sababli bizga qarshilik kerak bo'ladi chunki Arduino Uno platasining portlaridan 5V ga yaqin kuchlanish chiqadi va bu kuchlanishda bizning LED chiroqchamiz kuyib qolishi mumkin.


3. Oddiy plata (breadboard)


4. Papa-papa turdagi kabel


5. Qarshilik (2 kOm)



6. Ultratovush moduli - bu modul ultratovush uzatadi va biror narsaga urilib qaytgan ultratovush (ya'ni echo) ga qarab masofani aniqlab beradi. Bunda u 5V kuchlanishda va 2sm dan 400 sm gacha bo'lgan masofada ishlaydi. Unda 4 ta oyoqcha bo'lib, vcc (pitaniya), trig (ultratovush uzatadi), echo(qaytgan echo ni qabul qiliadi), gnd(zemlya)


Ulanish sxemasi:


Dastur:
  1. int echoP=7;
  2. int trigP=6;
  3. int ledBlue=5;
  4. void setup() {
  5. pinMode(trigP, OUTPUT);
  6. pinMode(echoP, INPUT);
  7. pinMode(ledBlue, OUTPUT);
  8. }
  9. void loop() {
  10. long dev, masofa;
  11. digitalWrite(trigP, HIGH);
  12. delayMicroseconds(2000);
  13. digitalWrite(trigP, LOW);
  14. dev = pulseIn(echoP, HIGH);
  15. masofa = (dev/58);
  16. if (masofa < 10) {
  17. digitalWrite(ledBlue, HIGH); }
  18. else { digitalWrite(ledBlue, LOW); }
  19. }

ESLATMA: dasturda yozilgan buyruqlar katta yoki kichik harflariga e'tibor bering. Masalan "pinMode" buyrug'ini "pinmode" deb yozish xato hisoblanadi. Lekin o'zgaruvchilar nomini ixtiyoriy yozishingiz mumkin. Masalan "blueLed" o'zgaruvchi nomini "blueled, BlueLED" kabi yoki umuman boshqa nom yozishingiz ham mumkin.
Ultratovush datchigi 2sm dan kam masofada joylashgan biror narsagacha bo'lgan masofani aniqlay olmaydi.
Agar siz xuddi yo'riqnoma kabi amalga oshirgan bo'lsangiz, sizda bu sxema albatta ishlaydi. Buning video ko'rsatmasi koring:

Agar sizda turli savollar, tushunarsiz bo'lgan narsalar bo'lsa, savollarigizni pastda yozib qoldirishingiz mumkin.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.

Muallif haqida

Admin

Web dasturchi dasturlashda php, js, css3, html5, SQLdan foydalanadi. API kalitlar bilan ishlashni yaxshi ko`radi.



Maqolaga fikr bildirish

Maqolaga xabar qoldirish uchun Ro'yxatdan o'ting yoki Saytimizga kiring


Maqolaga bildirilgan fikrlar

Fikr bildirilmagan, birinchilardan bo`ling.
Maqolaga fikringizni, savol yoki tushunmay qolgan joyingizni yozib qoldiring.

TepaPast



Siz JavaScriptni yoqmadingiz, yoki sahifa to`liq yuklanmadi