Bizni qo'llab kelayotgan do'stlarimizni barchasiga va yangi do'stlarimizga salom salom. Sizlar bilan UzHackerSW jamoasi. Bugun biz 16x2 bo'lgan LCD display idan qanday foydalanish kerakligini ko'rib chiqamiz. Boshladik bo'lmasam.
Bizga kerakli elementlar:
1. Arduino Uno platasi.
2. Oddiy plata (breadboard).
3. Papa-papa turdagi kabel.
4. 16x2 LCD display - LCD display yozuvlarni yorug'lik orqali chiqarish uchun ishlab chiqilgan. Elektr quvvati bilan ta'minlash va boshqarish elektronikasi bilan aloqa qilish uchun ekran 16 ta kontaktga ega. Ulardan faqat 6 tasi ekranga chiqishini boshqarish uchun ishlatilishi mumkin. Uning portlar vazifasida quyida keltirilgan:
5. Potensiometr - bu o'zgaruvchan qarshilik, sozlanishi qarshilik bilan amalga oshiriladi. Potensiometrlar robotlarda turli parametrlarni tartibga soluvchi vositalar sifatida ishlatiladi - ovoz, kuch, kuchlanish va hokazolarning balandligi shu kabilardir. Bizning modelimizda yorug'lik yorug'ligi potensiometr dastagining aylanishiga bog'liq bo'ladi.
Ulanish sxemasi:
Dastur:
#include <liquidcrystal.h>
LiquidCrystal lcd(9, 8, 7, 6, 5, 4);
void setup(){
lcd.begin(16, 2);
lcd.print("UzHackerSW");
}
void loop(){
lcd.setCursor(0, 1);
lcd.print("uzhackerswuz");
}</liquidcrystal.h>
ESLATMA: lcd (9,8,7,6,5,4) portlarni ixtiyoriy raqamli portlarga almashtirishingiz mumkin. "UzHackerSW" va "@kuongshun" so'zlarini o'zingiz ixtiyor va eng ko'pi bilan 16ta belgiga ega bo'lgan so'zlarga almashtirishingiz mumkin. Agar qayerdadir xatolik yoki kamchilik bo'lsa, bizga murojaat qiling. Biz buni tezda bartaraf qilamiz.
Agar siz xuddi yo'riqnoma kabi amalga oshirgan bo'lsangiz, sizda LED chiroqcha albatta knopka orqali yoqib o'chira olasiz.Agarda unchalik bu narsaga tushunmagan bo`lsangiz pasda video ko`rsatmani ko`ring.
Agar sizda turli savollar, tushunarsiz bo'lgan narsalar bo'lsa, savollarigizni pastda yozib qoldirishingiz mumkin.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.