Salom do'stlar! UzHackerSW jamoasi biz bilan ekanligizdan o'z minnatdorchiligini bildiradi. Bugun siz do'stlarimizga Android OT da viruslardan qanday himoyalanish mumkin yoki OT ga tushgan viruslardan qanday qutilish mumkin kabi savollarga javob beramiz. Qani ketdik unda.
O'tgan safar biz viruslar haqida to'xtalgan edik. Endi bu viruslardan qanday himoyalanish mumkinligini bir necha usullarini ko'rib chiqamiz. Ular quyidagilar:
Yangilanishlarni yuklab olish (Software update)
Tizim yangilanishlarni doimiy ravishda yuklab olish sizning xavfsizligingiz biroz bo'lsa ham kafolatlaydi. Chunki, har yangilanishda android xavfsizlik tizimi yangilab boriladi. Bu degani shu yangilanishgacha chiqqan viruslardan qanday himoyalanish, xavfsizlik tizimi bazasiga kiritib boriladi. Buni amalga oshirish uchun «Sozlamalar (Settings)» ga kirib u yerdan «Telefon haqida (About phone)» bo'limiga kiramiz va «Tizim yangilanishi (System update)» ni bosamiz. Agar bizda yangilanish bo'lsa, qanchadir hajmda bo'ladi va uni ko'chirib olish o'rnatish xavfsizdir.
2. Noma'lum manbadan ko'chirib olingan dasturlarni o'rnatmaslik
Noma'lum bo'lgan manbadan dasturlarni ko'chirib olmaslik. Siz o'zingiz bilmagan ko'rmagan dasturlarni o'rnatmaslik lozim. Faqat haqiqiy bo'lgan dasturlar marketidan kerakli dasturlaringizni ko'chirib oling. Masalan Google Play Market, Mi Apps Market va boshqalar. To'g'ri bu marketlar ham xavfsiz deb bo'lmaydi lekin bular boshqa manbalarga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi. Noma'lum bo'lmagan manbadan ko'chirib olingan dasturni o'rnatishni taqiqlash quyidagicha amalga oshiriladi (bu standart holatda taqiqlangan bo'ladi): «Sozlamalar (Settings)» ga kiramiz, so'ng «Xavfsizlik (Security)» bo'limini tanlaymiz u yerdan «Qurilmamiz Administratsiyasi (Device Administration)»ga kiramiz, u yerdan esa «Noma'lum manda (Unknown sources)»ni o'chirib qo'yamiz.
3. O'rnatiluvchi dasturga beriladigan ruxsatlar
Siz biror dastur o'rnatayotganingizda unga beriladigan ruxsatlarni diqqat bilan ko'rib chiqing. Agar qandaydir shubxali narsani ko'rsangiz unda bu dasturni o'rnatmaganingiz ma'qul. Masalan siz biror ixtiyoriy matnlarni tahrirlovchi dasturni GPS dan foydalanishiga ruxsat berishni ko'rsangiz qanday tushunasiz. Ha albatta, u buni nima qiladi tahrirlovchi dastur degan hayolga borasiz. Demak, bu qandaydir shubhali dastur bo'ladi va siz buni tizimga o'rnatmaganingiz ma'qul hisoblanadi.
4. Har xil ishonchsiz havolalarga o'tmang!
Agar sizga biror yutuq yutdingiz yoki sizdagi biror ma'lumot o'chib ketdi, uni tiklash quyidagi ma'lumotlarni kiriting so'ng esa sizga qandaydir havola beradi. Bunday havolalarga hech qachon kira ko'rmang. Chunki bu kabi havolalar eng xavfli hisoblanadi.
Endi biz mobil qurilmamizga tushgan viruslardan qanday qutilish mumkin bo'lgan usullarni ko'rib chiqamiz:
O'sha dasturni topish va o'chirib yuborish
Bu usul juda kam hollarda samara beradi. Lekin urinib ko'rish foydali bo'lishi mumkin. Bunday usulda siz mobil qurilmangizni yaxshi tushunishingiz va sizdan qanday dasturlar mavjud bo'lganligini aniq bilishingiz zarur. Sababi siz tizimning biror dasturini o'chirib yuborsangiz, o'sha qism ishlamasdan qolishi hech gap emas.
2. Android OT ni boshlang'ich holatga qaytarish
Agar yuqoridagi usul yordam bermasa endi siz qurilmangizni ishlab chiqarilgan vaqtga qaytarishga urinib ko'rsangiz bo'ladi. Bunda siz «Sozlamar (Settings)» ga kirasiz, u yerdan «Qo'shimcha sozlamalar (Additional settings)»ni tanlaymiz, endi bu yerdan «Backup & Reset» bo'limiga kiramiz va «Factory data reset» qilsak bas. Tizimni ishlab chiqarilgan vaqtga qaytaradigan bo'lsak, barcha fayllar oldingi holatga qaytariladi va siz o'rnatgan hamma dasturlar o'chib ketadi.
3. Android OT ni qayta o'rnatish
Sizga yuqoridagi 2la usul ham yordam bermasa Android OT ni qayta mobil qurilmangizga o'rnating. Bu usul eng yuqori samarali hisoblanadi. Bunda barcha eski fayllar o'chirib yuborilib, fayllar qayta o'rnatiladi. Bundan so'ng sizning tizimda hech qanday virus qolmasligi aniq (bu usulni o'zingizni mobil qurilmangiz saytidan, forumlardan ko'rishingiz mumkin).
Do'stlar mobil qurilmangizni virusdan himoyalash o'zingizning qo'lingizda. BUNI ASLO UNITMANG!!! Biz sizga bergan yo'riqlardan o'z tizimingizni himoyalay olishda foydalansangiz va foyda bersa, biz albatta xursand bo'lamiz.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!