Kompyuterni noto'g'ri o'chirish, ichki qismlarini noto'g'ri ulash, virus va boshqa shu ko'plab holatlarda bu xato yuzaga kelishi mumkin. Odatda Windows XP da kuzatiladi. Agarda bunday xato chiqsa Windowsni qayta yozdirishga shoshilmang. Bu xatoni tuzatishni sodda usuli mavjud.
Buning uchun Windows XP ning diskini yoki u o'rnatilgan fleshkani kompyuterga solib, ishga tushiramiz. Bizga quydagi so'zlar bor oyna kerak:
Ba'zida boshqacharoq ko'rinishda bo'lishi ham mumkin!
Paydo bo'lgan qora konsol oynaga «chkdsk» so'zini teramiz va «enter»ni bosamiz:
«chkdsk» so'zini terib, «enter» bosilganda rasmdagi jarayon boshlanadi. Xatolar tekshiriladi.
Xatolarni tekshirib bo'lgandan so'ng, bizga diskimizda qancha joy borligi haqida axborot chiqadi. Shundan keyin biz bemalol «EXIT» ni terib Windowsni qayta ishga tushirishimiz mumkin, lekin har ehtimolga qarshi quyidagi ishni ham qilamiz:
«chkdsk /r» ni terib enterni bosamiz va kompyuter yana xatolarni hisoblashni boshlaydi:
Jarayon tugagandan keyin «EXIT» ni tering va enterni bosib kompyuterni qayta ishga tushiring. Kompyuter bu xatogacha qanday ishlagan bo'lsa, shunday ishlashi kerak!
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!