Operatsion tizimni turli virus va hujumlardan himoya qilish maqsadida turli antiviruslar mavjud. To'g'r bular sizni butunlay himoya qila oladi demaymiz lekin ma'lum darajada operatsion tizim xavfsizligini ta'minlay oladi. Bunday antivirus dasturlar juda ko'p bo'lib ularning mashhurlaridan misol sifatida ko'rsak, Kasperskiy, Doctor Web, Eset Nod32, Avast kabi antiviruslarni ko'rishimiz mumkin. Bugun biz Eset Nod32 Antivirusining o'rnatish va ish prinsipini ko'rib chiqamiz.
Antivirus dasturini o‘rnatish uchun uning o‘rnatiluvchi paketini tanlaymiz
So'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bunda biz quyidagilarga e'tibor qaratishimiz kerak:
1. Agar buni belgilasak dastur o'rnatilayotgan vaqtda agar sizda internet mavjud bo'lsa, yangilangan versiyani birdaniga o'rnatib ketiladi;
2. Bu tugma keyingi oynaga o'tish uchun bosiladi.
Bu ochilgan oynada biz antivirusdan foydalanish litsenziyasini qabul qilgan holda davom etamiz. Qabul qilish uchun «Я принимаю» tugmasini bosamiz
Endi ba'zi sozlamalarni sozlab olamiz. Ular quyidagilar:
1. Bu bo'lim ishlash prinsipi bizdagi shubhali bo'lgan ya'ni virus deb ko'rmaydigan lekin hatti harakatlari virusga o'xshashni boshlaydigan dasturlar haqida ma'lumot yig'adi va buni antivirusning viruslarni o'rganuvchi bazasiga yuboradi. Agar bunday funksiya ishlamasligini xoxlasangiz buni o'chirib qo'yishingiz mumkin;
2. Kompyuterning ba'zi dasturlari bo'lib, ular virus hisoblanmaydi lekin tarkibida ba'zi funksiyalar virus ko'rinishida bo'lishi yoki kompyuterga o'rnatilgandan so'ng uni sekinlashuviga yoki xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin shu kabilar haqida ogohlantirish olishni xoxlasak buni belgilash kerak.
Bulardan o'tganimizdan so'ng " Установка" tugmasini bosamiz
Bu oynaga kelganimizda antivirus dasturi xotiradan o'rnatish uchun joy yetarlikmi yo'qmi shuni tekshiradi
So'ng antivirus dasturining o'rnatilish jarayoni boshlanadi
Bizning dastur o'rnatildi, «Готова» tugmasini bosamiz
Antivirus dasturimiz ishga tushgandan so'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bunda biz antivirusni aktivatsiya qilishimiz kerak bo'ladi. Buni quyidagicha amalga oshiramiz
Yuqoridagi aktivatsiyani quyidagi kalitlardan biri orqali aktivatsiya qilamiz. Odatda eset antivirusida 30 kunlik kalit bo'ladi
Endi bizda kalit bor lekin bu kalitlarning hammasi ham bizning antivirusga mos kelmasligi ham mumkin
Buning sababi esa antivirusning versiyasidadir. Biz kalit olganda antivirusimizning versiyasiga mos antivirus tanlashimiz lozim. Bizning hozirgi versiyamiz «Eset Smart Security Premium». Kalitdan ham xuddi shu versiyaning kalitini tanlaymiz.
Versiyani aniqlab olganimizdan so'ng biz, shu versiyaga tegishli kalitni olib antivirusimiz so'ragan joyga qo'yamiz
Kalitimiz haqiqiyligini tekshiruvchi oyna hisoblanadi (ESLATIB O'TAMIZ, antivirusni aktivatsiya qilish uchun bizga internet kerak bo'ladi)
Antivirusimiz kalit haqiqiyligini tekshirdi va bizda quyidagicha tasdiqlash oynasi ochiladi va «Готова» tugmasini bossak bizning antivirus ishga tushadi
1. «Password Manager» — bu internet brauzerlarda saqlangan parollarni xavfsiz saqlash uchun ishlatiladi;
2. «Secure Data» — bu orqali biz kompyuterimiz xotirasidagi o'zimiz xoxlagan ma'lumotlar faqat bizning kompyuterda ocha oladigan boshqa kompyuterga o'tganda shifr holatida ko'rinadigan holatga keltirish mumkin;
3. «Родительский контрол» — bunda biz farzandlarimiz yoki boshqa insonlarimizni internetdan be'mani ma'lumotlardan saqlash uchun turli saytlarni bloklash yoki faqat kerakli saytlarni ochib qo'yish va shu kabi nazorat ishlarini qilish mumkin;
4. «Антивор» — buni ishga tushirsak biz kompyuterimiz yo'qolgan paytda uni qayerda ekanligini topa olishimiz uchun yordam beradi.
(ESLATMA, yuqoridagilarni aktivlashtirish uchun ma'lum qadamlarni bosib o'tish kerak).
Endi dasturning ishchi oynasi o'tganimizda antivirus o'zi avtomatik tarzda baza yangilanishini va dastur yangilanishi yuklab oladi va yangilanishni tugatish uchun OTni qayta yuklashni tavsiya etadi.
Dasturimiz o'z ishini boshladi va sizning operatsion tizimingizni o'z himoyasiga oldi.
Saytimiz a'zolariga yana bir maslahat, yuqoridagi rasmda qizil rang bilan belgilangan joyga e'tibor qaratishingizni so'raymiz, bujoyda agar yashil rang yonib turgan bo'lsa demak antivirus to'liq ishlamoqda degani, agar sariq ranga o'zgarsa antivirusimizda qandaydir kamchilik mavjud bo'ladi (bu kamchilik havfli emas), agar qizil rang bo'lsa antivirus operatsion tizimni kam kuch bilan himoya qilayotgan yoki umuman himoya qilmayotgan bo'ladi (bularga sabab bo'lishi mumkin, ba'zamiz eskirsa, aktivatsiya muddati tugasa va shu kabilar bo'lsihi mumkin)
Dastur hajmi katta bo'lgani uchun saytimizga yuklay olmaganmiz. Ko'chirib olish uchun telegram kanalimizga o'ting #Nod32_ess