PDF, DJVU, TXT va MS Office formatlari haqida tushuncha
PDF (Portable Document Format) — ya'ni o'zida ham matn ham rasm ko'rinishidagi ma'lumotlarni saqlaydigan va uning betlari rasm sifatida qo'shilganligi bilan farqlanuvchi Adobe system tomonidan ishlab chiqilgan kengaytma hisoblanadi. Uning betlari rasm sifatida ketganligi sababli undan ma'lumot ko'chirish mumkin emas lekin hozirgi kunda matnlarni olish mumkin. Bu turdagi kengaytmalarning afzalligi shundaki uning himoyasi kuchli va undan nusxa olish qiyin hisoblanadi. Asosan kitoblar uchun format, lekin kitoblardan tashqari, jurnallar, qo‘llanmalar ham shu formatda tayyorlanishi mumkin. PDF kengaytmasida himoyalash tizimi ancha ko'p bo'lib ulardan to'g'ri foydalanilsa bu kengaytmadan deyarli umuman hech qanday ma'lumot olib bo'lmaydi ya'ni ma'lumotning nusxasi ko'paymasligiga ancha yordam beradi.
PDF kendaytmasi
DJVU — fransuzcha déjà vu so'zidan olingan bo'lib, ancha kichik yoki siqilgan ma'nosini anglatadi. Bu ham PDF kengaytmasiga o'xshagan bo'lib faqat uning yutug'i betlar (rasmlar) siqilgan bo'ladi va hajmi PDF dan ancha kichik bo'ladi. Bunda deyarli matni ko'rinishidagi ma'lumotlardan nusxa olib bo'lmaydi.
DJVU kengaytmasi
TXT — bu kengaytma eng sodda matnlar bilan ishlay oladigan kengaytma hisoblanadi va uni istalgan matn bilan ishlovchi dastur bilan ochish mumkin.
TXT kengaytmasi
DOCX kengaytmasi MS Office paketiga tegishli kengaytma hisoblanadi. Bu kengaytmadagi matnni o'zimiz xoxlagancha (dastur imkoniyatidan kelib chiqqan holatda) o'zgartirishimiz, yangilashimiz mumkin. Hozirgi kunda eng keng ko'lamda qo'llanuvchi matn muharrirdir. MS Office ning turli versiyalarida bu kengaytmalar farq qilishi mumkin lekin eng so'ngi versiyasi MS Office paketining har qanday undan oldingi eski versiyasidagi hujjatlar bilan ishlay oladi lekin yangi versiyadagi hujjatni eski versiyada ochadigan bo'lsak bizda turli muammolar yuzaga kelishi mumkin. Misol o'rnida ko'rsak agar siz MS Office paketining 2016 versiyasidagi hujjatni MS Office paketining 2010 versiyasida ochadigan bo'lsangiz sizda matnlardagi so'zlarni bir biriga qo'shilib ketish kabi xatolikni ko'rishingiz mumkin vaholanki MS Office 2016 paketining o'zida ochsak bu hujjatda odatiy matn ko'rinishida bo'ladi.
DOCX kengaytmasi
XLSX bu kengaytma MS Office paketining tarkibiga kirgan holda, bu kengaytma bilan turli jadval, hisob kitob ishlari, bugalteriya ishlari va shu kabi vazifalar uchun juda qulay va vaqtingizni ancha tejashga imkon yaratadi.
XLSX kengaytmasi
PPTX kengaytma bu ham MS Office paketining tarkibigi kiradi. Bu orqali biz o'zimizga kerakli bo'lgan prezentatssiyalar qilishi, turli effektlar berish, ularni boshqarish va eng asosiysi o'z fikrimizni turli animatsiyalar bilan birga ko'rsatib berish imkoniyatini yaratadi.
PPTX kengaytmasi
Bugungi mavzuyimizda mana shu kengaytlamar bilan cheklanamiz. Sizlarga yana bir o'z maslahatimizni bermochimiz, hech qachon siz bir kengaytmani boshqa kengaytmada ochishga urinmang, sababi bu kengaytmalarning o'zining ishlash algoritmi mavjud bo'lib bir kengaytma boshqa kengaytmani ocha olmaydi aksincha siz tushunarli matn o'rniga tartibsiz simvollar ketma-ketligi yoki bu kengaytmani siz tanlagan kengaytmada ochish mumkin emasligi haqida ogohlantirish olasiz. Operatsion tizimda shunday funksiya mavjudki uning o'zi sizga kengaytmani ochuvchi dasturni avtomatik moslab beradi yoki sizga taklif etadi. Mana shundan foydalanganingiz ancha afzal hisoblanadi.
Fayllar katta bo'lgani uchun biz dasturlarni telegram kanalimizga yuklaganmiz dasturlarni telegram kanalimizdan yuklab oling.
PDF kengaytmasini ochuvchi dasturni ko'chirib olish uchun quyidagi havolaga o'ting
https://t.me/WindPro_UzH/15
DJVU kengaytmasini ochuvchi dasturni ko'chirib olish uchun quyidagi havolaga o'ting
https://t.me/WindPro_UzH/17
#TXT kengaytmasini ochuvchi dasturni ko'chirib olish uchun quyidagi havolaga o'ting
https://t.me/WindPro_UzH/19