Arduino nima ? Arduino Uno platasi va uning imkoniyatlari
Salom do'stlar, sizlar bilan UzHackerSW jamoasi. Arduino nima ? Arduino Uno platasi va uning imkoniyatlari haqida yozamiz. Umid qilamizki bu sizlarga qiziq bo`ladi.
ARDUINO
Arduino - bu kichik hajmdagi proyektlarni yaratish, turli robototexnika qismlarini yoki kichik o'lchamdagi robototexnikada foydalanish uchun mo'ljallangan plata hisoblanadi. Bunda siz professional bo'lmagan proyektlarni yaratishingiz mumkin. Masalan, siz RFID tizimi orqali yoki oddiy raqamli parol qurilmasini yasash orqali eshigingizga qulf qo'yishingiz yoki xonangizga kimdir kirganligini aniqlashda ishlatiluvchi qurilmalarni va yana oddiy haroratni o'lchovchi kabi qurilmalarni yasashingiz mumkin. Aslida Arduino sotuv markasi bo'lib, uning tarkibiga Arduino Uno, Arduino Mega, Arduino Leonardo, Arduino Ethernet, Arduino RS232, Arduino Diecimila, Arduino Pro, Arduino Nano, Arduino LilyPad, Arduino Robot, Arduino Esplora, Arduino Yun, Arduino Due kabi turlari kiradi. Bularning bir-biridan farqi, qo'llash mumkin bo'lgan imkoniyatlaridadir. Masalan, Arduino Uno kichik proyektlar, ko'p bo'lmagan modullarni boshqarish mumkin. Arduino Mega da esa Arduino Uno ga nisbatan ancha ko'p modullarni boshqara olish imkoniyatiga ega sababi unda Uno ga nisbatan portlari ancha ko'proq. Quyida Arduino Uno va Mega platalarining ko'rinishi:
ARDUINO MEGA
ARDUINO UNO
Endi qaysi platadan foydalanamiz degan savolga kelsak, biz Arduino Uno platasidan foydalanamiz. Sababi u juda ixcham, qulay va ko'plab funksialarni bajara oladi (biz darslar davomida o'rgatib boradigan). Arduino Uno imkoniyatlariga kelsak: Arduino Uno da Atmega328 mikrokontrolleri o'rnatilgan, unda 14ta raqamli (0-13) va 6ta analog (A0-A5) portlari mavjud, 3ta GND (ya'ni zemlya), 1ta 5V, 3.3V, AREF (ya'ni Analog portlardagi kuchlanishni boshqarish uchun), Vin (ya'ni tashqi kuchlanish manbai orqali arduinoga kuchlanish berish imkoniyatini beruvchi), IOREF (ya'ni kerakli kuchlanishga sozlab beruvchi), Reset (ya'ni Arduinoni qayta yuklash uchun), portlari mavjud. Yana bitta fizik tugma bo'lib, u Arduinoni qayta yuklash uchun ishlatiladi. Unga 2ta elektr tok manbaini ulash uchun port mavjud bo'lib, 1tasi USB orqali 5V li tok manbaidan elektr energiyasini olsa, ikkinchisi 220V (bu o'rtacha olganda) li o'zgaruvchan tok manbaidan elektr energiyasini oladi. Arduino ishlash kuchlanishi 5V bo'lib, unga kiruvchi kuchlanish 6-20V gachadir (tavsiya etilgan 7-12V gacha).
Arduino Uno bilan tanishib oldik, endi biz unga dastur yozuvchi muhit bilan ya'ni Arduino IDE bilan tanishamiz. U quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:
Bu bizga kerakli dasturni yozish, uni tekshirish va kerakli Arduino ga yozishda bizga yordam beradi. U ochiq kodli hisoblanadi ya'ni Arduino platasiga yoziluvchi barcha dasturlarni internetdan topishingiz mumkin va uni olganligingiz uchun hech qanday pul to'lamaysiz. Undan qanday foydalanishni darslarimiz davomida sizlarga o'rgatib boramiz.
Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, agar siz bunda dasturlashni va qurilmalarni yig'ishni o'rganib olsangiz, o'zingiz uchun kundalik hayotda ishlatish uchun mo'ljallangan qurilmalarni yasay olasiz deb ayta olamiz.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.