Salom salom do'stlar, sizlar bilan UzHackerSW jamoasi. Bugun Arduino Uno platasi yordamida LED chiroqchasini yoqishni o'rganamiz.
Bizga kerakli elementlar:
1. Arduino Uno platasi.
2. LED chiroqcha. u 1.6V dan 4.4V gacha bo'lgan kuchlanishda ishlaydi. Shu sababli bizga qarshilik kerak bo'ladi chunki Arduino Uno platasining portlaridan 5V ga yaqin kuchlanish chiqadi va bu kuchlanishda bizning LED chiroqchamiz kuyib qolishi mumkin.
3. Oddiy plata (breadboard).
4. Papa-papa turdagi kabel.
5. Qarshilik (2 kOm).
Ulanish sxemasi:
Dastur:
int blueLed = 6;
void setup() {
pinMode(blueLed, OUTPUT);
}
void loop() {
digitalWrite(blueLed, HIGH);
delay(3000);
digitalWrite(blueLed, LOW);
delay(1000);
}
ESLATMA: dasturda yozilgan buyruqlar katta yoki kichik harflariga e'tibor bering. Masalan "pinMode" buyrug'ini "pinmode" deb yozish xato hisoblanadi. Lekin o'zgaruvchilar nomini ixtiyoriy yozishingiz mumkin. Masalan "blueLed" o'zgaruvchi nomini "blueled, BlueLED" kabi yoki umuman boshqa nom yozishingiz ham mumkin.
Agar siz xuddi yo'riqnoma kabi amalga oshirgan bo'lsangiz, sizda LED chiroqcha albatta yonadi. Agarda unchalik bu narsaga tushunmagan bo`lsangiz pasda video ko`rsatmani ko`ring.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.