Salom salom do'stlar, sizlar bilan UzHackerSW jamoasi. Bugun 3-darsimizda Arduino Uno platasi yordamida LED chiroqchasini knopka (button tugmasi) orqali yoqishni o'rganamiz.
Bizga kerakli elementlar:
1. Arduino Uno platasi.
2. LED chiroqcha. u 1.6V dan 4.4V gacha bo'lgan kuchlanishda ishlaydi. Shu sababli bizga qarshilik kerak bo'ladi chunki Arduino Uno platasining portlaridan 5V ga yaqin kuchlanish chiqadi va bu kuchlanishda bizning LED chiroqchamiz kuyib qolishi mumkin.
3. Oddiy plata (breadboard).
4. Papa-papa turdagi kabel.
5. Qarshilik (2 kOm).
Ulanish sxemasi:
Dastur:
int blueLed = 2;
int button = 7;
void setup() {
pinMode(blueLed, OUTPUT);
pinMode(button, INPUT);
}
void loop(){
if (digitalRead(button) == HIGH) {
digitalWrite(blueLed, HIGH);
}
else {
digitalWrite(blueLed, LOW);
}
}
ESLATMA: dasturda yozilgan buyruqlar katta yoki kichik harflariga e'tibor bering. Masalan "pinMode" buyrug'ini "pinmode" deb yozish xato hisoblanadi. Lekin o'zgaruvchilar nomini ixtiyoriy yozishingiz mumkin. Masalan "blueLed" o'zgaruvchi nomini "blueled, BlueLED" kabi yoki umuman boshqa nom yozishingiz ham mumkin. Yana siz button tugmachasini ixtiyoriy 2ta juftlik tomonidan quyidagi sxema ko'rinishida ulashingiz mumkin lekin agar boshqa tomonlardan yoki yuqoridagi bir taraflamani o'rnini almashtirib ulasangiz sizning sxema ishlamaydi.
Agar siz xuddi yo'riqnoma kabi amalga oshirgan bo'lsangiz, sizda LED chiroqcha albatta knopka orqali yoqib o'chira olasiz.Agarda unchalik bu narsaga tushunmagan bo`lsangiz pasda video ko`rsatmani ko`ring.
Agar sizda turli savollar, tushunarsiz bo'lgan narsalar bo'lsa, savollarigizni pastda yozib qoldirishingiz mumkin.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.