Fleshka tanlashda maslahat

Flesh xotiralar yoki sodda qilib aytganda – fleshkalar, hozirgi kunda har bir kishi uchun zaruriy ahamiyat kasb etmoqda. Fleshka nimaligini bilmagan odamni hozirda topish qiyin! Hozir kompyuteringiz bo'lsa-bo'lmasa fleshka juda kerak bo'lmoqda. O'zimizning axborotlarimiz olib yurishda qandaydir fayl papkalardagi qog'ozlar yoki dumaloq, salginaga sinib qolishi mumkin bo'lgan disklardan ko'ra fleshkalar juda qulaydir. Ularga nafaqat hujjat yozsa bo'ladi, balki, film, multfilm, qo'shiq va hokazo, nima mavjud bo'lsa yozaverasiz. Lekin, savol tug'iladi: fleshka oladigan bo'lsam, qanday va qaysi firmaning fleshkasi yaxshi?

Avvalo, fleshka olishdan oldin, uni nima maqsadda ishlatishingizni o'ylang. Ko'pchilik – «menga faqat hujjatlarimni solib yurish uchun kerak» deb izoh beradi. Bundan atiga 5 yilcha oldin 2 va 4 GB hajmdagi fleshkalar o'rtacha hajmli hisoblangan, ya'ni, ularga ko'p narsani sig'dirish mumkin bo'lgan. Lekin hozirda bu hajm hatto oddiy hujjatlarni elektron shaklda saqlash uchun yetmaydi. To'g'ri, 1 dona vord hujjatning hajmi ko'pincha 200 kb dan 3 MB gacha bo'ladi, lekin shunga qaramay, hozirgi hunda hujjatlar soni va sifatining keskin oshishi hisobiga 2 va 4 GB hajmdagi fleshkalar noqulay hisoblanib qolgan. Agarda sizga o'rta hajmdagi fleshka kerak bo'lsa yo 8 yo 16 GB li fleshkani xarid qiling.

E'tibor bering. Agarda sizga arzimagan narxga juda katta hajmli fleshkani taklif qilishsa uni olmang, chunki bu sifatsiz xitoy mahsuloti bo'lib chiqishi 90% darajada aniqdir. Hozirgi kunda kompyuterlar uchun mo'ljallangan 16 GB li fleshkalarning o'rtacha bahosi 55 – 85 ming so'm (firmasiga qarab) atrofida. Agarda kimdur sizga 100 ming so'mga 120 GB yoki 240 GB li fleshka taklif qilsa, bilinggi, u sifatsiz mahsulot. Chunki, 32 GB li fleshkalarning ulgurji bahosi ham eng kamida 50 ming so'm atrofida. Ya'ni, siz 100 ming so'mga 64 GB li fleshka olishingiz mumkin, xolos. Sotuvchi xoh Amerikadan olib kelgan bo'lsin, xoh Xitoydan, lekin 100 ming so'mga 100 GB li sifatli fleshkani topib bo'lmaydi. Hatto ularning firmadagi narxi ham bu darajada arzon bo'lmaydi. Sifatli mahsulotlar hech qachon bunday arzon bo'lmaydi!

SanDisk fleshkalar. Qaysi do'konga kirmang bu fleshkalar o'zlarining yorqin qizil rangi va dabdabali shakli bilan e'tiborni tortadi. Narxi ham shunga yarasha bizning bozorlarimizda yetarlicha baland baholanadi. Shunga qaramay bu fleshkalar sifat jihatdan maqtasa arzigulik emas. Ularning qimmatligiga asosiy sabab «SanDisk» yozuvi borligi xolos!

1-hodisa. Do'stlarimdan biri 4 yil oldan shu firmaning 16 GB li USB 2.0 modelli fleshkasini xarid qilgandi. Fleshkaning turishi juda yaxshi, dizayni qolgan firmalarnikiga qaraganda ancha chiroyli. Lekin uni ishlatishni boshlaganimizda haqiqiy qiyofasi namoyon bo'ldi. Boshqa firmalarning fleshkalari ham USB 2.0 modelida bo'lishiga qaramasdan, yangi xarid qilingan SanDisk fleshkasidan ancha yaxshi ishlardi. Kompyuter fleshkani nisbatan sekin tanidi, o'qishi ham sekin, unga ma'lumot yuklash va ko'chirib olish ham ancha sekin. Ba'zi bir holatlarda fleshkada xato yuzaga kelib kompyuter uni tanimay qoladi.

2-hodisa. Kursdoshlarimda biri 2016-yili 16 GB hajmli USB 3.0 fleshkasini 1 yillik kafolati bilan xarid qilgandi. IT sohasida ishlaganimiz sababli fleshkaga bir necha bor turli dasturlar yozdirib o'chirilgandi. Va atiga 3 oydan so'ng fleshka ishdan chiqdi. Kursdoshim uni almashtirib keldi. Lekin u ham 3-4 oy ichida ishdan chiqdi.

SONY fleshkalari. Bu fleshkalar eng ko'p soxtalashtiriladigan fleshkalar qatoriga kiradi. Bir necha bor ulardan foydalangan bo'lsam, faqat bir yoki ikki marta haqiqiy firma mahsulotini ko'rganman, xolos. Ishlashi yaxshi, kompyuter oson o'qiydi va ma'lumotlarni yuklash-ko'chirish belgilangan tezlikda amalga oshiriladi. Asosiy kamchiligi yuqorida aytganimdek, soxta nusxalarining ko'pligidadir. Agarda sizga quyidagi ko'rinishdagi fleshkani olishni taklif qilishsa bosh torting. Chunki bunday ko'rinishdagi fleshkalar sifatsiz Xitoy mahsulotlari hisoblanadi. «Hamma narsa Xitoydan chiqadi» degan gapga esa e'tibor bermang! Sony fleshkalarining ustki qismida har doim katta lotin harflari bilan tiniq shaklda «SONY» degan so'z bo'lishi kerak. Quyidagicha yozilganlari esa soxta mahsulot hisoblanadi:

TOSHIBA fleshkalari. Bu firma fleshkasi qo'limga faqat ikki bor tushdi, xolos. Lekin shunda ham ko'ngilni g'ijil qilib ketdi. Birinchi gal fleshkaga 4 Gbli narsa yozdirishda juda ko'p vaqt sarflangan bo'lsa, ikkinchi gal fleshkaga dastur yozdirganimda fleshka shunchaki ishlamay qoldi. Tiklash uchun qancha harakat qilmay, fleshka ishlamadi. Bu fleshkani faqat hujjatlarni saqlash uchun ishlatish mumkin va uni ko'p bor format berishni tavsiya etmayman.

ADATA fleshkalari. Ochig'ini aytaman, birinchi marta bu fleshkalarni ko'rganimda, ularning didsiz shakli g'ashimga tekkan edi. Toza o'qituvchilar uchun chiqarilgan deb ham o'ylagan edim. Sifatiga ham shubxam bor edi. Lekin shunga qaramay, 3 yildan beri shu firmaning 4 va 16 GB li hajmdagi fleshkalarini ishlatib kelyapman. Ortiqcha maqtash niyatim yo'q, lekin fleshkalar belgilangan tezlikda yuklayapti va ko'chiryapti, ishlash nosozliklari boshqa fleshkalarnikiga qaraganda ancha kam. Agarda fleshka olmoqchi bo'lsangiz, shu firma fleshkasini olishingizni tavsiya qilaman. 

Boshqa fleshkalar. Agarda siz Xitoyning mashhur aliexpress.com saytidan fleshka qidirsangiz sizga minglab turdagi fleshkalarni taklif etishadi. Ularning aksariyati Xitoyning nomi chiqmagan kichik firmalari fleshkalaridir. Ular imkon qadar dizayn orqali iste'molchilarni jalb etishga harakat qilishadi, shu sabab siz turli o'yinchoq, qo'g'irchoq, ovqat va boshqa dizayndagi fleshkalarni ko'rishingiz mumkin. To'g'ri ularning dizayni e'tibor tortar va chiroyli, lekin bunday fleshkalarning umri ko'pincha qisqa bo'ladi, odatda 1 yil. Shu sabab agar pulingiz va fleshkada saqlanadigan ma'lumotlaringizga achinsangiz, to'g'ri tanlovni amalga oshiring.

343
RSS
Fikr bildirganlar yo'q. Birinchilardan bo'ling!
Yuklanmoqda ...
Saytdan maqola ko`chirish bo`yicha

Saytdagi barcha maqolar faqat o`qish uchun. Saytdagi barcha ma'lumotlarni tarqatish, saqlash, chop etish, tijorat maqsadlarida sotish, ko`chirish va boshqa har qanday harakatlar faqat sayt ma'muriyati bilan kelishilgan yoki ogolantirilgan  holatda amalga oshiriladi. Ushbu qoidalarni buzsangiz O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan, 2006-yil 23-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda ma’qullangan. O‘RQ-42-сон Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonuni bo`yicha jinoiy javobgarligla tortishga asos bo`ladi. 

Agarda sizning maqolangiz yoki siz yaratgan istalgan turdagi material, fayl, bizning saytimizda sizning ruxsatingizsiz turgan bo`lsa iltimos bizga xabar bering. Biz ushbu material yoki maqolangizni o`chiramiz yoki tahrirlaymiz.