Internet tarmog'idan o'zingizni o'chirishning 6ta usuli !!!
Biz hozirda turli ijtimoiy tarmoqlarga bog'lanib qolganmiz. Sababi esa juda oddiy ya'ni virtual olam bizni har tomonlama o'rab olgan. Qayerga qarasangiz turli internet sahifalarga ko'zingiz tushadi. Yana eng asosiy jalb qiladigan tarafi esa, siz u yerda boshqa insonga ya'ni virtual insonga aylana olish imkoniya majvud ekanligidir. Bunda esa siz o'zingiz xohlagan harakterdagi insonni yaratishingiz mumkin. Lekin o'zini «yashirmaydigan» insonlar ham yo'q emas.
Albatta, bu bir tarafdan yaxshi, ammo hozirgi kunda mutahasislar turli ijtimoy tarmoqlardan yiroqlashishni, ulardan ko'p foydalanmaslikka chaqirmoqdalar. Chunki, ijtimoiy tarmoqlar inson o'zligini yo'qotib qo'yishiga, turli stres holatlarga tushishiga va oxir oqibat o'z sog'liqlarini yo'qotib qo'yishga olib kelmoqda. Bu kabi turli muammolardan qutilish istagi bo'lgan do'stlarimizga internet tarmog'idan o'z sahifalarini butunlay o'chirishda yordam beradigan bir necha usullarni ko'rsatib o'tmoqchimiz. Ha aytgancha, haqiqiy «White Hat» hakker bo'lish istagi mavjud do'stlarimizga internet tarmog'ida ko'rinmas va topilmas bo'lishlari uchun ham bu kabi usullarni qo'llashini maslahat bergan bo'lar edik!
1. Accountkiller
Bu turli saytlardagi o'z sahifa yoki akkauntlaringizni o'chirishda sizga ko'mak beradigan web sayt hisoblanadi. Bu web sahifada sahifalaringizni qanday o'chirish uchun yo'riqnomalar va havolalar mavjud. Unda «qora ro'yxat» mavjud bo'lib, bunda turli saytlardagi sahifalaringizni tiklash uchun sizga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan o'chirib yuboradi. Bu kabi sahifalarga Skype, Evernote, Wordpress va World of Warcraft kiradi. Omadni qarang-ki, bu web sahifada «qora ro'yxat» ning aksi bo'lgan «oq ro'yxat» ham bor ekan.
2. Google asboblari(Инструменты)[/b]
Google o'zingizning ma'lumotlaringizni boshqarish uchun online instrumentlar to'plamini taklif etadi. Masalan, siz o'zingizga keraksiz deb hisoblagan kontentlarni o'chirishingiz, so'ng ularga bog'liq bo'lgan qidiruv so'rovlarini yoki saqlab qo'yilgan sahifalar nusxasini o'chirib yuborishingiz mumkin.
3. Reputation.com
«Силиконовой Долины» yalik bu kompaniya o'zlarining har bir mijozi uchun alohida qayg'uradi. Bunda mijozlar ham kompaniya bo'lishi mumkin ham alohida biror bir mijoz ham bo'lishi mumkin. U o'z mijozlari haqida internet tarmog'ida turli noto'g'ri ma'lumotlarni tarqalmasliklari uchun monitoring ishlarini olib boradi.
4. DeleteMe
DeleteMe kompaniyasi mijozning har qanday ma'lumotlar ba'zasidan mijoz sahifalarini, oilaviy yoki shaxsiy rasmlarini, shaxsiy ma'lumotlarni butunlay o'chirib yuborishga va'da beradi. Ixtiyoriy siz haqingizdagi ma'lumot internet tarmog'idan o'chirib yuboriladi. Har 3 oyda kompaniya mijozga batafsil hisobotlarini yuborib turadi. Albatta, bu kabi xizmat pullik va arzon emas. Kompaniya bu xizmatlarni kishi boshiga $129 haq evaziga taklif qiladi.
5. Remove Your Name
Remove Your Name kompaniyasi yuqori sifatli xizmati uchun $1000 haq so'raydi. Ammo, u sizni butun internet tarmog'idan butunlay o'chirib yubormaguncha ishlaydi va agar buni amalga oshira olmasa sizning pulingizni qaytarib beradi.
6. Web 2.0 suicide machine
Bu web sayt ijtimoiy tarmoqlardan charchagan va haqiqiy hayotga qaytish istagi bo'lgan insonlar uchundir. Virtual olamingizni o'chirib yuborishingiz uchun qaysi ijtimoiy tarmoq ekanligini tanlash va shu sahifa ostida ro'yxatdan o'tsangiz bas. Qarabsizki, mashina sizning suhbatlaringizni, rasm yoki videolaringizni ayamasdan o'chirib yuborishini tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi. Butun virtual hayotingiz ko'z o'ngizdan bir necha daqiqalarda o'tib ketishi ham hech gap emas ????..
Qolgan turli va qiziqarli ma'lumotlarni UzHackerSW saytimizdan o`qib bilib olishingiz mumkin.