Juda ko`p joy oluvchi - pagefile.sys haqida
Yaqinda kompyuterimga yangi RAM (ОЗУ/Tezkor operativ xotira) qo`ydirdim va qarabmanki shundoq ham minimal bo`lgan (mening holatimda C disk 100 GBli joyga ega va shuning 5 GB bo`sh edi) C disk xotirasida atiga 67 Megabayt qolibdi! Darrov hamma keraksiz narsalarni o`chirishni boshladim, joyni bir amallab 3 GB ga oshirdim va noutbukni o`chirib yoqdim, qarasam yana 67 MB joy qolib! Yana hamma narsani tozalashga kirishdim, shunday bo`lsada joy uzog`i bilan 1 GB gacha bo`shadi, xolos. Shuncha tozalagan joyim qayerga ketdi ekan-a?!
Maxsus dastur yordamida tahlil qilishni boshladim, qarasam 11,3 GB joyni pagefile.sys degan fayl egallagan ekan. Uning avvalgi hajmi 5 GB atrofida edi. Xo`sh, bu pagefile.sys o`zi qanday fayl? Bugun buni tahlil qilamiz va uning joyini kamaytirish yoki ko`paytirishni ko`rib chiqamiz.
pagefile.sys - bu RAM xotirasi uchun qo`shimcha HDD ning ichidan ajratilgan joydir. Boshqacha qilib aytganda, agarda sizda 8 GB hajmli RAM bo`lsa, Windows avtonom ravishda sizga HDDdan kamida 7 GBli qo`shimcha rezerv joy ajratadi. Nima uchun?
(Rasmda kamaytirilgan holati, ungacha 11,5)
O`zim tushunganimcha tushuntirishga harakat qilaman: siz operativ xotira hajmini oshirganingizda tizim mantiqan shunday fikrlaydi - "bu foydalanuvchi xotira joyini oshirmoqda, demak u og`irroq dasturlarda ishlaydi, ehtiyot shart unga yana qo`shimcha joy ajratish kerak". Boshqacha aytganda, bu joy siz maboda operativ xotira ko`tara olishi mumkin bo`lgan limitdan-da kattaroq dastur, o`yin va shu kabilarni ishga tushurganingizda yuklamaning bir qismini o`z zimmasiga oladi.
Bu yaxshi albatta, lekin,.. agarda sizda 16 GB hajmadagi RAM bo`lsa, unda sizning kamida 15 GB joyingiz band bo`ladi, bu esa yoqimsiz holat.
Agarda sizda men tavsiflagan holat yuzaga kelgan bo`lsa, unda buni to`g`irlaymiz. Buning uchun quyidagilarni amalga oshiramiz:
1. Mening kompyuterim (Мой компьютер)ga sichqonchani o`ng tugmasini bosib Svoystva (Свойства) oynasini chaqiramiz;
2. Tizimning qo`shimcha parametrlari (Дополнительные параметры системы) punktiga o`tib, Qo`shimchla (Дополнительно) qismidan Tezkor faoliyat (Быстродействия) qismidagi Parametrini tanlaymiz;
3. Parametrini bosganimizda ochilgan darchadan Qo`shimchalar bo`limini tanlaymiz va u yerdagi O`zgartirish (Изменит) tugmasini bosamiz;
4. Fayllarni uyi yuklash hajmini avtomatik tanlash (Автоматически выбратт объем файла подкачки) dan belgini olib qo`yamiz va Hajmni ko`rsatish (Указать размер) puktiga o`zimiz xohlagan hajmni ko`rsatamiz va OK tugmasini bosamiz.
Shu bilan biz pagefile.sys ning ulkan hajmini o`zimiz xohlagan o`lchamda belgilashimiz mumkin.
5. Agarda biz bu fayldan qutilmoqchi bo`lsak 4-punktdagi oynadan "Quyi yuklash fayli siz" () yozuvi oldidan belgi qo`yamiz va shundan keyin bizda bu fayl umuman yo`qladi. (Eslatma! Biz sizga bunday qilishni tavsiya etmaymiz. Har bir narsaning o`z sababi bor.)
Biz 6100 MG (5,95 GB) belgiladik va tizim bizga pagefile.sys ni shu hajmga keltirib berdi (rasmda Kilobaytda keltirilgan miqdori)