Kompyuterda turli android o'yinlarini o'ynaymiz.

Salom do'stlar! Sizlar bilan UzHacerSW jamoasi. Bugungi maqolamiz juda qiziqarli mavzulardan biridir ya'ni hozirgi kunda ommalashayotgan android o'yinlarini kompyuterda ham o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishdir. Buning uchun bizga quyidagi ko'rinishdagi dasturlardan biri kerak bo'ladi:

Bugungi maqolamiz:

1. MEmu

2. Bluestacks

3. Nox

4. Droid4X

5. KoPlayer

va yana turli boshqa dasturlardan ham foydalanish mumkin. Yana Virtual Box dasturiga Android (obrazani) OT ni o'rnatib ham turli o'yinlarni o'ynash va dasturlardan foydalanish mumkin. Mening misolimda «MEmu» dasturidan foydalanaman. Bu dasturni ko'chirib olamiz va o'z kompyuterimizga o'znatamiz (ko'chirib olish uchun yuqoridagi ro'yxatdan shu dastur nomiga bossangiz, ko'chirib olish uchun kerakli sahifaga o'tasiz). O'rnatish jarayoni quyidagichadir:

1.Ko'chirib olingan dasturni ishga tushiramiz va ochilgan oynada dasturni qayerga o'rnatish kerakligini belgilaymiz. So'ng o'zimiz istagan tilni tanlaymiz va «Install» tugmasini bosamiz.

2. So'ng bizda o'rnatish jarayoni boshlanadi

3. Dastur o'rnatib bo'lgandan so'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi:

4. So'ng dasturni ishga tushiramiz

5. Bizda boshlang'ich sozlamalar sozlanishi olib borilmoqda

6. Bizning virtual android qurilmamiz

7. Kompyuterimizga android uchun mo'ljallangan (.apk) formatdagi dastur yoki o'yinlarni ustiga 2 marta bosish orqali «MEmu» dasturiga o'rnatish mumkin. Ya'ni:

8. O'rnatish davomida «pusk» da quyidagicha belgi hosil bo'ladi va dastur android simulyatoriga o'rnatiladi.

9. Agar bu usulda o'rnatish ba'zi sabablarga ko'ra amalga oshira olmasangiz. Dasturdagi quyidagi tugmani bosish orqali amalga oshirish mumkin:

10. So'ng bizga android dasturi yoki o'yini (.apk formatda) kompyuterimizni qayerdagi xotirasiga joylashgan bo'lsa, o'sha joyga kirib shuni tanlaymiz va bizda quyidagicha o'rnatilish boshlanganligi haqida xabar paydo bo'ladi:

11. Bizning o'yin o'rnatildi

12. Mana bizning o'yin

     Bu dasturning afzalliklaridan biri bu kabi virtual android qurilmalarini bir nechasini bir vaqtda yaratib ham o'ynash mumkin.

     ESLATMA! Memu dasturining versiyasining o'zgarishi yuqoridagi qadamlar ketma-ketligiga deyarlik ta'sir qilmaydi.

Agar sizda turli savollar, tushunarsiz bo'lgan narsalar bo'lsa, albatta bizga murojaat qilishingiz mumkin:

Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.
194
RSS
Fikr bildirganlar yo'q. Birinchilardan bo'ling!
Yuklanmoqda ...
Saytdan maqola ko`chirish bo`yicha

Saytdagi barcha maqolar faqat o`qish uchun. Saytdagi barcha ma'lumotlarni tarqatish, saqlash, chop etish, tijorat maqsadlarida sotish, ko`chirish va boshqa har qanday harakatlar faqat sayt ma'muriyati bilan kelishilgan yoki ogolantirilgan  holatda amalga oshiriladi. Ushbu qoidalarni buzsangiz O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan, 2006-yil 23-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda ma’qullangan. O‘RQ-42-сон Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonuni bo`yicha jinoiy javobgarligla tortishga asos bo`ladi. 

Agarda sizning maqolangiz yoki siz yaratgan istalgan turdagi material, fayl, bizning saytimizda sizning ruxsatingizsiz turgan bo`lsa iltimos bizga xabar bering. Biz ushbu material yoki maqolangizni o`chiramiz yoki tahrirlaymiz.