Salom do'stlar! Sizlar bilan UzHacerSW jamoasi. Bugun ko'pchilikka qiziq bo'lgan "µTorrent" haqida gaplashamiz. Undak boshlagik.
µTorrent dasturlari bu — BitTorrent (ma'nosi «bitlar oqimi») protokoli asosida ma'lumot uzatuvchi va qabul qiluvchi dasturiy mahsulotdir. U turli nuqtalarda joylashgan foydalanuvchilardagi umumiy ma'lumotni boshqa bir foydalanuvchilar tomonidan yuklab olishga asoslangan tarzda ishlaydi. Masalan, 3ta foydalanuvchida birorta ixtiyoriy bir xil kino mavjud, buni boshqa foydalanuvchilar bu 3 ta foydalanuvchidan bir necha bo'laklarga bo'lingan holda shu ma'lumotni ko'chirib olishadi va uni yig'ib butun ma'lumot ko'rinishiga keltiradi. Bunda boshqa foydalanuvchilar bu 3 ta foydalanuvchidan ixtiyor bo'laklarini ko'chirib olishi mumkin (buni dasturning o'zi tanlab ko'chiradi) lekin bir xil bitlarni ko'chirmaydi. Ya'ni masalan 1-foydalanuvchidan kinoning boshlang'ich bitlarini (ma'lumotning boshini) ko'chirib olishi, 2 va 3 — foydalanuvchidan esa qolgan bo'laklarini ko'chirib olishi mumkin. Bularning barchasini µTorrent dasturlarining o'zi bajaradi. Foydalanuvchi tomonidan qilinadigan ish esa µTorrent server web sahifasidan ro'yxatdan o'tishi kerak bo'ladi. Buning sababi esa yuqoridagi misolda ko'rsatilgan 3ta foydalanuvchida sizga kerakli bo'lgan kino haqidagi ma'lumotlar mana shu server da joylashgan bo'ladi ya'ni bu server sizning dasturni shu 3 ta foydalanuvchi bilan bog'lanishida sizga yordam beradi. Bundan shuni ko'rish mumkinki, µTorrent web serverlari faqatgina ko'chirib olinuvchi fayl qayerda joylashganligi haqidagi ma'lumotlarni o'zida saqlaydi. Yana shuni aytish kerakki, ko'chirib olinuvchi fayl haqidagi ma'lumotni ham bu serverga kiritib qo'yish lozim shunda bu server sizga kerakli ma'lumotlarni qayerdan ko'chirib olishda yordam beradi.
Endi µTorrent dasturidagi ba'zi tushunchalarga e'tibor qaratsak. Bizda "Сиды", «Личи» va «Пиры » kabi foydalanuvchilar mavjud va bularning vazifasi quyidagicha:
Сиды — bu foydalanuvchilarda biz izlayotgan ma'lumotni to'liq hajmi mavjud bo'ladi va ular sizga bu ma'lumotni sizga uzatadi.
Личи — bu foydalanuvchi esa faqat kerakli ma'lumotni o'ziga yuklab oladi sababi unda bu ma'lumot hali mavjud emas va uzata olmaydi.
Пиры — bu kabi foydalanuvchilar ham ma'lumotni ko'chirib olaveradi ham boshqa foydalanuvchilarga uzataveradi.
µTorrent bilan tanishib oldik endi uni ishlatishni ko'rsak. Birinchi navbatda biz µTorrent dasturlaridan birini ko'chirib olishimiz lozim va o'z kompyuterimizga o'rnatib olamiz. Masalan quyida dasturlar nomlari keltirilgan:
Windows uchun: µTorrent, BitTorrent, BitComet, FlashGet, GetRight, Shareaza
Unix va Linux uchun: BTPD, CTorrent, Deluge, KTorrent, rTorrent, Transmission.
Mac OS uchun: XTorrent, BitRocket, Transmission.
Ikkinchi navbatda ixtiyoriy µTorrent web sahifasidan ro'yxatdan o'tib olishimiz kerak, sababi biz ro'yxatdan o'tmasak µTorrent faylini ko'chirib ola olmaymiz. µTorrent fayli taxminan quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:
Ixtiyoriy µTorrent web saytidan ro'yxatdan o'tganimizdan so'ng biz shu saytga kirib biror ma'lumotni ko'chirib olish uchun shu ma'lumotni tanlaymiz va bizda taxminan quyidagicha holat bo'lishi lozim:
Agar sizda quyidagicha holat bo'lsa, demak siz web saytdan ro'yxatdan o'tmagansiz va o'z accountingiz mavjud emas:
Endi kerakli µTorrent faylni ko'chirib olgandan so'ng, uni ustiga ikki marta sichqonchani chap tugmasini bosamiz va bizda quyidagicha oyna ochiladi:
Hammasini sozlab bo'lib, «OK» tugmasini bosish esdan chiqmasin
So'ng bizda ko'chirib olish jarayoni boshlanadi:
Ko'chirib olish jarayoni yakunlanganda sizda quyidagicha ogohlantirish oynasi hosil bo'ladi:
ESLATMA!!!Ko'chirib olish jarayonida ma'lumotimiz web sahifasidagi quyidagi ma'lumotlar ko'z yugurtirish sizga ancha as qotadi.
Buni yordamida siz ma'lumotingizni qanchalik tez ko'chirib olishizni ya'ni nechta "Сиды" va "Личи" mavjud ekanligini bilib olasiz.
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.