Avvalroq Microsoft Excel dasturida bitta katakdagi 2 ta so`zni aloxida kataklarga bo`lish. haqida yozgan edim. ko`ring sizga foydasi tegishi mumkun. :)
Hullas boshladik:
Men bitta excel fayli ochdim va unga taxminiy tug`ilgan kun / oy/ yil ni yozdim u quyidagi ko`rinishga ega.

Men hozir Sanasi/Oyi/Yili shaklida qilib Natija tabiga A2, B2, C2 dagilarni D2 kagiga olaman va quyidagicha bo`ladi.
5/1/1968.
Endi amaliy bosqichga o`tamiz. Men D2 katagiga sichqonchani bosib = (teng) belgisini yozaman. (Excelda formulani boshlash uchun birinchi = (teng) belgisi yoziladi )

Keyn esa A2 katagiga sichqonchani olib kelib bosaman.

va "&" belgisini yozib ikkitalik qo`shtirnoq ochaman "/" ni yozib ikkitalik qo`shtirnoqni yopib yana "&" belgisini yozib B2 (yani B2 katagidagi ma'lumotni olishni aytman) "&" belgisini yozib ikkitalik qo`shtirnoq ochaman va "/" ni yozib ikkitalik qo`shtirnoqni yopib yana "&" ni yozib C2 ni yozaman.


Ko`rib turganingizday 5/1/1968 qilib chiqarib berdi.
Endi buni hammasiga qo`llash uchun kod yozish ancha noqulay shuning uchun men D2 katagini bosib pastgi chap burchagidagi + ni pastga qarab toraman.


Keyn esa hammasini to`ppa to`g`ri qilib yozib beradi.

Menimcha maqola tushunarli bo`ldi. Agarda biror nimaga tushunmay qolgan bo`lsangiz pasda fikringizni qoldiring men albatta javob beraman.
Maqola UzHackerSW.uz sayti uchun maxsus tayyorlandi. Ruxsatsiz maqolani ko‘chirish qatiyan taqiqlanadi. Maqola ko`chirilganda websaytga havola ko`rsatilishi shart!
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz