Bir necha kun oldin Facebook ijtimoiy tarmog'ining 106 mamlakatdan 533 million foydalanuvchisining telefon raqamlari va shaxsiy ma'lumotlari onlayn ravishda bepul tarqatilgani haqida turli xil ommaviy axborot vositalari va internet nashrlari xabar bergan edi.
533 million foydalanuvchining ma'lumotlari hakkerlar tomonidan tarqatilgan.
Bu facebook tomonidan ma'lumot o'g'irlatilishiga oid holatlar ichida birinchisi emas. Deyarli har 2 yilda Facebook yoki boshqa OAV va internet nashrlari foydalanuvchilarning ma'lumotlarini o'g'irlatilishi bilan bog'liq hodisalar bo'lganini xabar beradi.
O'zbekiston sharoitida ko'pchilik - "meni ma'lumotlarim kimga ham kerak" deydi. Lekin, shaxsiy ma'lumotlari butun boshli internet tarmog'ida sayr etib yurishini yoqtirmaydiganlar ham bor. Agar siz shundaylardan bo'lsangiz, unda quyidagi sayt orqali sizning Facebook akkauntingizdagi ma'lumotlar (tug'ilgan yil, telefon raqami, ish joyi va b.) o'g'irlatilgani yoki yo'q bilib olsangiz bo'ladi:
Agarda ma'lumotlaringiz o'g'irlatilgan bo'lsa, parolni almashtirishingizni taklif qilamiz.