Ancha vaqt oldin telfonimdan bitta rasmni kompyuterga tashlab olishim kerak bo`ldi. Aksiga olib Telfonimni USB kabel orqali ulasam uning drayveri bilan bog`liq muammolar bo`ldi va uni qidirishga erindim. Kompyuterim Windows 10. Uy kompyuteri bo`lgani uchun ancha oldin qurilma olib qo`ygan edim. (narxi ancha oldin 2.5$ ga tushgan hozirda narxlar ko`tarilgan bo`lishi mumkin.)

Siz ham kompyuteringizga fayl tashlashingiz uchun birinchi o`rinda shunday qurilma olishingiz kerak bo`ladi.
Endi maqolaning asosiy qismiga o`tsam
Telfondan odatiy holda rasm faylni tashlaysiz va Bluetooth orqali odatiy holda tashlaysiz. Lekin kompyuterda bu faylni qabul qilib olish sal boshqacha. Buning uchun Puskni bosib Settings ga kirasiz

Shundan so`ng Qidiruv joyiga Blue deb yozib birinchisiga kirasiz

Unutmang siz Tepadagi USB Bluetooth ni kompyuterga ulagan bo`lishingiz kerak.
Shundan so`ng sizda Bluetooth sozlamalari ko`rinadi.

SHundan o`ng tarafda turgan Send or recive files via Bluetooth bo`limini bosasiz


Shunda sizda ikkita narsa paydo bo`ladi. Send files va Receive Files. Yani birinchisiz siz fayl yuborasiz. Ikkinchisiz sizga fayl yuborishadi. Ikkichchisini ya'ni Receive Files ni bosasiz.

Va sizda hammasi tayyor. Endi siz tanlangan fayllaringiz va rasmlaringizni jo`natishni bosasiz Kompyutering Bluetooth nomini topasiz va yuborasiz kompyuter qabul qilib olishni boshlaydi.

Hamma fayllar o`tib bo`lganidan so`ng siz hamma fayllar saqlanishi uchun kerak bo`lgan papkani tanlashingiz kerak shunda tashlangan fayllar o`sha tanlangan papkaga saqlanadi

Localtion: dan papkani belgilaysiz va Finish ni bosasiz yuborilgan barcha narsa o`sha joyga saqlanadi.
Buni asosan o`zim uchun eslatma sifatida yozib qo`ymoqdaman. Kimgadur kerak bo`lib qolsa men faqat hursang bo`laman. Sababi men bundan ancha oldin yozgan Excelda ikkita katakgani ma'lumotni bittasiga o`tkazish va yana Microsoft Office Word dasturida lotindan krilga, krildan lotinga o`giramiz. Maqolasidan o`zim ancha vaqtgacha va hozirda ham foydalanib kelayotganim uchun esimdan chiqqan paytda o`qib turish uchun yozgan edim. Bu maqola ham shuning uchun yozildi.
E'tirboringiz uchun tashakkur