Texnika boʻyicha Toshkentdagi eng mashhur — Abu-Saxiy, Malika (Fleshka) va boshqa bozorlarga borib noutbuk yoki kompyuter olsangiz, sotuvchi albatta sizga – “Windows” oʻrnatib beraymi -deydi va oʻrnatish xarajatlarini odatda mahsulotingiz narxiga qoʻshib yuboradi va sizga goʻyoki chegirma qilayotgandek – “sizdan paloncha boʻladi, mayli siz buncha bering” deb qoʻyadi. Bunday holatning eng yoqimsiz jihati, koʻplab sotuvchilar – “men sizga diskdan litsenziyali Windows qoʻyib beryapman, qolganlar esa fleshkadan oʻgʻirlangan versiyasini qoʻyib beradi” deb sizni ishontirishga harakat qilishadi.
Agar Windows qilishni bilsangiz yoki qila oladigan tanishingiz boʻlsa bozorlardan Windows qildirmang!!! Iloji boricha begonalarning kompyuteringizga Windows yoki boshqa bir dasturlarni o`rnatib berishmaganlari yaxshi. (Fayllaringiz o`zingizga kerakli va qadrli bo`lsa albatta)
Biz nega bunday deyishimizga 6 ta sabab keltiramiz (asosiy va etiborga loyiqlarni, lekin bundan tashqari sabablar ham bor).
Birinchidan - sotuvchilarni sizning qurilmangiz (kompyuter/noutbuk)ni dasturlash uchun bekorchi vaqti yoʻq, shuning uchun ular toʻgʻri kelsa-kelmasa, kerak boʻlsa/boʻlmasa ham ortiqcha dastur va driverlarni oʻrnatib yuboraveradi. Oxir oqibat bir necha haftadan soʻng siz komyuterni yaxshi tushunadigan boshqa bir kishiga murojat qilishingizga toʻgʻri keladi.
Ikkinchidan - ba’zi bir sotuvchilar toʻlaqonli windows qilmaydi. Ya’ni, ular windowsning toʻliq boʻlmagan holatini oʻrnatadi, xolos. Bunday usul ancha vaqtdan yutishga imkon beradi, lekin salgina muammo tugʻilsa darrov ishlashdan toʻxtaydi.
Uchinchidan - C va D disklarga notoʻgʻri ajratish yuzaga keladi. Eng koʻp uchratgan masalalarimizdan biri shundan iborat edi. Bizga murojat qilgan odamlarning qurilmalari koʻpincha notoʻgʻri taqsimlangan C va D disklardan iborat boʻlgan. Soddaroq qilib aytganda, sizning HDD 500 GB hajmda, sotuvchilar esa shoshganidan C ga 20, D diskka 480 GB/ C ga 250, D ga ham 250 GB/ C ga 400, D ga 100 GB tarzida taqsimlashganiga yoki qoʻshimcha 10 GB hajmdagi keraksiz E disk yaratib joyni yanada tor qilib qoʻyishganiga guvoh boʻlganmiz. Bunday taqsimotning xato jihati shundaki, Windows va uning dasturlarini oʻzi hozirgi kunda 50 GB ga yaqin joyni talab qiladi. Agarda siz C va D disklarga teng joy ajratsangiz yoki D diskning joyi juda kam boʻlib qolsa, vaqti kelganda D diskingiz toʻlib qoladi va C ga ma’lumot yuklashingizga toʻgʻri keladi. Bu esa ma’lumotlar yoʻqotilish xavfini yuzga keltiradi; 10-20 GBli “E” yoki boshqa nomli disklardan esa mantiqiy foyda yoʻq. Ularni yaratgan odam nima uchun kerakligini ham bilmasa kerak; bunday hajmdagi disklarga tayinli narsa sigʻmaydi!
Toʻrtinchidan - sotuvchi HECH QACHON sizga litsenziyali Windows oʻrnatib bermaydi!!! Toʻgʻri, u sizga “Litsenziya” deb yozilgan diskdan Windows oʻrnatib berishi mumkindir, lekin, oʻzingiz oʻylang, bu disk nechta qurilmaga oʻrnatilgan?! Windowslar odatda 1 ta foydalanuvchi uchun moʻljallangan, tabiiyki, siz bu diskning birinchi foydalanuvchisiz emassiz. Bu esa sizga oʻrnatilayotgan Windowsni “oʻgʻirlangan” (пиратский) ekanligini bildiradi! Birgina litsenziyali Windows 1 ta noutbuk narxiga teng:
Microsoft kompaniyasining rasmiy saytida eng arzon litsenziyali Windows 10 kamida $199 turadi va u faqat 1 dona qurilma (kompyuter/noutbuk) uchun!
Beshinchidan - qimmatga tushasiz. Sotuvchi sizga windows qilish uchun aniq qancha boʻlishini aytmaydi va istalgan summani qurilma narxiga qoʻshib yuborishi mumkin. Bu odatda 50 ming soʻmdan hatto 200 ming soʻmgacha ketib qoladi va koʻp hollarda sizga “oʻyin va boshqa kerakli dasturlar ham tashlab berayapman” deb lagʻmon ilishadi va aslida bir xil funksiyani bajaruvchi 3-4 ta dasturlarni tashlab berishadi (video koʻradigan, qoʻshiq eshitadigan dastular). Siz biror bir boshqa joydan Windowsni uzogʻi bilan 50 ming soʻmga, oʻzingiz xohlaganingizdek qildirishngiz mumkin!!!
Bu dasturlarning hammasi bir xil funksiyani bajaradi
Oltinchidan - befoyda antivirus oʻrnatib berishadi. Hech bir sotuvchi sizga litsenziyali antivirus oʻrnatmaydi, chunki litsenziyani oʻzi kamida 100 ming soʻm turadi. Siz esa “antivirusim bor” deb oʻylab, qurilmangizni birinchi kundanoq kompyuteringizni viruslarga “koʻmasiz”! (yoki keyinroq ko`miladi :lol:)
Antviruslar
Biz o`zimiz bilgan narsalar haqida ma'lumot berdik. Amal qilish yoki qilmaslik bu sizning ishingiz
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing!
Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.