Hammaga yana bir bor salom. Bugun yana SSH da githubdan
git clone
git push
git pull
qilganda parol va username qo`yamasdan bira to`la shu komandalarga parol va username qo`shib ketish haqida yozmoqchiman.
Avvalroq SSH orqali gitdan projectni yuklab olish uni gitga qo`shish, gitdagi o`zgarishlarni yuklab olish haqida Ushbu maqola orqali yozgan edim. Bu maqolani tushunish uchun Ushbu maqolani o`qib chiqishingiz kerak bo`ladi. Endi asosiy ishga o`tamiz. Siz yana beget SSH siga kiring. Men hammasini nimaga ishlatiliishini yozaman. Siz degan joyga Github Usernameyingizni, dehan joyga o`zingizning github parolingizni yozisangiz va SSHda o`sha tartib bo`yicha yozib Enter tugmasini bosangiz kifoya. Avvalgi maqolamda Begetnig SSHsida
git clone
git push
git pull
qilganignizda parol va username ni so`rar edi. Bu juda ko`p va vaqt e'tiborni talab qilgani uchun men yana ham osonroq yo`lini izlab ko`rmoqchi bo`ldim. (haddam tashqari dangasa bo`lib ketgan bola ekan deb o`ylayapsizmi ? Yo`q men dangasa emasman imkon boricha vaqtimni tejash uchun qildim. Bu dangasalik emas bu vaqtdan unumliroq foydalanish. :)) Deman boshladik.
Gitdan loyihangizni clonini olish
git clone https://{username}:{password}@github.com/{user_name}/{repository_name}.git
Siz qilgan o`zgartirishlarni githubga yuklab qo`yish ( ga proyektingiz nomini yozasiz avvalgi maqolani o`qigan bo`lsangiz tushungan bo`lsangiz kerak)
git add .
git commit -m "Bug Fixed and Update"
git push https://{username}:{password}@github.com/{user_name}/{repository_name}.git
Githubdagi o`zgarishlarni o`zini yuklab olish
git pull https://{username}:{password}@github.com/{user_name}/{repository_name}.git
Shular orqali siz github parolingiz va usernameni bir vaqtda yozib alohida yozishingizga va vaqtingizni yo`qotmasligingizga yordam beradi.
Qulayliklari:
1. Siz parolingizni eslab yurishingiz shart emas.
2. Vaqtdan yutasiz.
3. SSHning o`ini shunday funksiyasi borki klaviyaturaning tepaga chiqish tugmasini bossangiz avval yuborgan buyruqlaringizni chiqarib beradi. Bu esa ancha osonlik bilan githubdagi loyihaningizni ko`chirishingiz, o`zgartirishingiz, o`chirishingiz, qo`shishingiz mumkun.
Havfli tomonlari:
1. Github loyihalaringizning havf ostida qolishi. Ya'ni SSHda Eski buyruqlar saqlanib qolganligi sababli Github parol va Username laringiz ochiq holatda qolishi. Bu bilan sizning hostingizga birov kirib SSH menejringizdan foydalanishi parolini bilib uni yomon niyyatlarda foydalanishi mumkunligini bildiradi.
Umuman olganda Agarda siz Beget hostingidagi Beget Akkauntingizninig login va parolini hech kimga bermasangiz Havfsizlikdan u darajada qaygurmasangiz ham bo`ldi. Yoki SSHyingizga umuman sizdan boshqa odam kirmasligiga ishonsangiz qo`rqmasangiz ham bo`ladi.
So`ngi hulosa o`zingidan. O`zingizga ishonsangiz ancha vaqtdan yutishingiz mumkun.
Ko`chirib olishning boshqa parol va usernameni yozmay ham SSHni Githubdan parol generatsiya qilish orqali ham faqatgina o`sha SSHga akkauntingizga kirishga ruhsat berish yo`li ham bor. (bali bu ikkala usuldan boshqa usullar ham bo`lishi mumkun).
Hozirgi maqolam bu haqida bo`lmagani uchun SSHni parol genetarsiya qilish orqali loyihalaringizga kirishga huquq olish haqida keyinroq maqola yozishga harakat qilaman. Buning uchun bizning saytga tez tez kirib turing.
Menimcha maqola tushunarli bo`ldi. Agarda biror nimaga tushunmay qolgan bo`lsangiz pasda fikringizni qoldiring men albatta javob beraman.
Maqola UzHackerSW.uz sayti uchun maxsus tayyorlandi. Ruxsatsiz maqolani ko‘chirish qatiyan taqiqlanadi. Maqola o`g`rincha ko`chirilganda websaytga havola ko`rsatilishi shart!
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing! Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz.