Salom do'stlar sizlar bilan doimgidek UzHackerSW jamoasi. Bugungi maqola ba'zi foydalanuvchilar uchun muammo bo'lib kelayotgan mavzulardan biri hisoblanadi. Ya'ni kompyuterni ishga tushirganda va tizimga kirishda har safar parol so'rashi ko'pchilikni zeriktirgan bo'lsa kerak yoki bir necha yuz kompyuterlardan foydalanuvchi foydalanuvchilarga har safar tizimga kirishda parol so'rashi ancha vaqtni olsa kerak. Bunday hollarda bizning bugungi mavzuyimiz sizga ancha yordam beradi degan umiddamiz. Ha aytgancha, parolni olib tashlasa ham bo'ladiku desangiz biroz adashasiz, chunki bu usulda shunchaki tizimga kirish uchun parolni kiritish talab qilinmaydi lekin qolgan boshqa holatlarda parol saqlanib qoladi. Masalan oddiy foydalanuvchi nomidan dasturlarni o'rnatish yoki admin huquqini talab qiluvchi dasturlarni ishga tushirish va hokazo. Unda boshladik:
1. Pusk + R klavishalarini birgalikda bosamiz va quyidagi buyruqlardan birini kiritamiz va «OK» tugmasini bosamiz:
a) netplwiz
b) control userpasswords2
2. So'ng bizda quyidagi ko'rinishda oyna ochiladi:
3. Rasmda foydalanuvchini tanlaymiz va ko'rsatilgan yacheykadan belgilash belgisini olib tashlaymiz:
4. Endi «Применить» tugmasini bosamiz va ochilgan oynaga shu foydalanuvchi parolini kiritib «OK» tugmasini bosamiz:
5. Endi yana «OK» tugmasini bosamiz. Kompyuterni o'chirib yoqib biz amalga oshirgan ish ishga tushganini tekshirishimiz mumkin:
ESLATMA!!! Agar siz yana tizimga parol terib kirishni istasangiz, yuqoridagi ketma-ketlikdagi jarayonlardagi yacheykani qayta belgilab qo'ysangiz bas.
Agar sizda turli savollar, tushunarsiz bo'lgan narsalar bo'lsa, pasda yozib qoldiring.