Assalomu alaykum hullas maqsadga o`taman.
Ancha oldin Github orqali kodlashni osonlashtirsh. Open serverdagi Saytni Hostingga Github orqali yuklash degan maqola chiqargan edim. Bu funksiya orqali saytingizni tezroq ishlab chiqishga va vaqtni tejashga yordam berar edi.
Yaqinda (aniqrog`i Iyul oyida) yangi ishga o`tdim va u yerda Phpstormning men avval bilmagan funksiyasi DEPLOYMENT funksiyasini o`rgandim.
Tepada bergan maqolamda avval o`zingiz kompyuterda saytni ishlab olib gitga push qilib so`ngra uni hostinga upload git pull qilishingiz kerak edi. Lekin bu 2x ish va vaqtni talab qiladi. Phpstormning deployment funksiyasi orqali esa siz qilgan o`zgarishlaringizni birato`la saytingizda ko`rib ketishingiz mumkun.
Endi maqolaning asosiy qismiga o`tman
Phpstorm da yangi pakani Project ochib olasiz.
Hamma hostinglar deyarli FTPni qo`llab quvvatlaydi shunga FTP orqali bog`lanishni tanlaysiz
Siz hozir saytngizning barcha fayllarini o`zingizni kompyuteringizga yuklab olishingiz kerak buning uchun Remote Hostga kirib hamma fayllarni CTRL+A qilib belgilaysiz.
Shundan so`ng sizda hamma fayllar yuklab olinadi.
Endi PHPStormda yangi fayl ochamiz
Ochiq joyda Sichqonchaning o`ng tarafini bosib New bosiladi va PHP file ni bosasiz.
Endi qilingan o`zgarishni Hostingga yuklash kerak buning uchun rasmni ketma-ketlikda qiling.
Shundan so`ng sizning faylingiz yuklanganini guvohi bo`lasiz.
Har gal o`zgarish qilganda uni hostinga yuklash to`g`ri bu juda mashaqqatli (ayniqsa men kami dangasa dasturchiga), shuning uchun Siz Automatic Upload ni yoqishingiz zarur. Shunda sizning o`zgarish qilib CTRL+S ni bosganingizda Hstinga avtomatik yuklaydi. Buning uchun quyidagi ketma-ketlikni bajaring
Endi yangi ochgan testuchunfile.php ga kiraman.
Ha birinchi o`zgarish saqlangan endi men php fileni o`zgartiraman.
CTRL+S ni bossam uni avtomatik hostinga yuklaydi.
Mana hammasi tayyor. Siz yangi fayl, papka ochgan vaqtingizda ham hostingga avtomatik o`sha faylni ochadi yozib CTRL+S ni bosganingizda hostinga avtomatik yuklaydi.
Ijobiy tomonlari:
- Siz Real vaqtda proyektingizni kompyuteringizdan taxrirlaysiz.
- Vaqtingiz tejaladi.
- Mayda xatolikni saytingizda ko`rgan vaqringizda Projectni ochib to`g`rlab CTRL+S ni bossangiz saytga avtomatik yuklab ketaveradi.
- Hamma o`zgarishlarni qilib Gitga push qilasiz va hostingga pull qilishingizga hojat qolmaydi
Salbiy tomonlari:
- Sizning internetingiz tezligi pas va fayl hajmi katta bo`lsa CTRL+S ni bosganingizda Hostinga yuklash ko`proq vaqt olishi mumkun.
- Internet trafigingiz oz va siz bu usulda juda ko`p foydalansangiz Internet trafigingiz bir oz ko`proq sariflanishi mumkun. Sababi siz oddiy nuqtani o`zgartirsangiz ham PHPSTORM butun boshli faylni qayta yuklaydi hammasini.
Hullash bugungi maqola shundan iborat edi E'tiboringiz uchun rahmat.
Maqola UzHackerSW.uz sayti uchun maxsus tayyorlandi. Ruxsatsiz maqolani ko‘chirish qatiyan taqiqlanadi. Maqola o`g`rincha ko`chirilganda websaytga havola ko`rsatilishi shart!
Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lish uchun saytimizga tez-tez kirib turing! Biz eng yaxshilarini sizlarga ilinamiz